Xabaringiz jo'natildi. Tafsilotlarni imkon qadar tezroq aniqlashtirish uchun menejerimiz siz bilan bog'lanadi.
Yuborish paytida xatolik yuz berdi. Birozdan keyin xabar yuborishga harakat qiling yoki bizning pochtamizga yozing info@childforum.uz.
KONTSEPSIYA
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan «Bolalarning ta’lim olish huquqi: pandemiya davrida dolzarblik, uzluksizlik va innovatsiyalar» xalqaro veb-forumi
2019 yilda tarqalgan koronavirus (COVID-19) kasalligi pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan epidemiologik inqiroz butun dunyoni qamrab oldi va global miqyosda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazib, xalqaro hamjamiyat oldida pandemiyaga qarshi kurash masalasida, shu jumladan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash borasida qator muammolar mavjudligini namoyish etdi.
Pandemiya inqirozi global hamjamiyatni 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish dasturini amalga oshirish va uning barcha maqsad va vazifalariga erishishda, shu jumladan 4-maqsad - «hayot davomida hamma uchun zarur bo‘lgan inklyuziv, teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida» jiddiy xavf tug‘diradi.
Pandemiya tahdidining global xarakterga ega ekanligini inobatga olgan holda, odamlarning farovonligi uchun uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
O‘zbekiston Respublikasida oilalar, ayollar va bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish va ta’minlash davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu sohalarda samarali choralarni amalga oshirish global koronainqiroz davrida yanada dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalambor, zamonaviy dunyoda inson salohiyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlangan "Bolalarning taʼlim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar" xalqaro veb-forumi tashkil etilmoqda.