

2019 yilda tarqalgan koronavirus (COVID-19) kasalligi pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan epidemiologik inqiroz butun dunyoni qamrab oldi va global miqyosda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazib, xalqaro hamjamiyat oldida pandemiyaga qarshi kurash masalasida, shu jumladan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash borasida qator muammolar mavjudligini namoyish etdi.
Pandemiya inqirozi global hamjamiyatni 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish dasturini amalga oshirish va uning barcha maqsad va vazifalariga erishishda, shu jumladan 4-maqsad - «hayot davomida hamma uchun zarur bo‘lgan inklyuziv, teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida» jiddiy xavf tug‘diradi.
BatafsilTadbir dasturi
Tadbir formati – videokonferensaloqa. Bitta yalpi va ikkita panel sessiyadan iborat.
Sana va joy – 2020-yil 19-noyabr, Toshkent shahri.
Amaliyot tillari – o‘zbek, rus, ingliz va xitoy.
Forum dasturiTadbir ishtirokchilari
-
Amina Mohammed
BMT Bosh kotibining birinchi o'rinbosari
-
Ziroat MIRZIYOYEVA
"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi
-
Tatyana VALOVAYA
BMTning Jeneva shahridagi boʼlinmasi Bosh direktori, BMT Bosh kotibi oʼrinbosari
-
Nataliya GERMAN
BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʼyicha mintaqaviy markazining rahbari
-
Afshan XAN
BMT Bolalar jamgʼarmasining (YuNISEF) Yevropa va Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy direktori
-
Tanzila NARBAYEVA
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi
-
Shen YUEYUE
Umumxitoy xalq vakillari qurultoyi doimiy qoʼmitasi raisining oʼrinbosari, Umumxitoy ayollar federatsiyasi raisi
-
Anna KUZNETSOVA
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqi masalalari boʼyicha vakil
-
Piter BURIAN
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakili
-
Ola Muhammad ABUSUKKAR
Nogironlarni tadqiq etish boʼyicha Qirol Salman Markazi ijrochi bosh direktori (Sultan bin Salman bin Аbdulaziz Аl Saud shaxzodasi nomidan murojaatni oʼqib eshittiradi) (Saudiya Аrabistoni)
-
Jak MIKULOVIK
Nogironligi boʼlgan yoshlarni va moslashtirilgan taʼlimni oʼqitish sohasidagi Fransiya oʼqitish va tadqiqot Oliy instituti direktori
-
Karolina IBER
Yevropa bolalar universitetlari tarmogʼining prezidenti (Аvstriya)
-
Mariya Lyudovika BOTTARELLI
Yevropa ayollar lobbisining Italiya jamoatchiligi prezidenti
-
Benedikt CHONG
Singapur "Temasek Foundation" jamgʼarmasining bosh ijrochi direktori
-
Bexzod MUSAYEV
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari
-
Mari-Luiz KOLEYRO PREKA
"Eurochild" Аssotsiatsiyasi prezidenti (Belgiya)
-
Kulla IYASUMA
Shimoliy Irlandiyaning bolalar va yoshlar ishlari boʼyicha vakili
-
Nur Azia Mohd AVAL
Malayziyaning bolalar huquqi boʼyicha vakili
-
Mustafa CHOLAKOGLU
Turkiya milliy taʼlim vaziri maslahatchisi, Hoji Betashi Veli universiteti prorektori
-
Klaudia PEPMYULLER
"Friedensdorf Betriebsgesellschaft" xayriya tashkilotining ijrochi direktori (Germaniya)
-
Yuji MORI
"Nippon Foundation" nohukumat xayriya tashkilotining ijrochi direktori (Yaponiya)
-
Dian ALYAN
"Givelight Foundation" tashkiloti asoschisi va prezidenti (АQSh)