Kontseptsiya

International Web-Forum «Ensuring inclusion for children with disabilities» dedicated to the World Children’s Day and 75th Anniversary of UNICEF

Jahon bolalar kuniga bag'ishlangan xalqaro veb-forum "Bolalarning ta'lim olish huquqlari: pandemiya davrida dolzarbligi, uzluksizligi va innovatsiyalar"

2019 yilda tarqalgan koronavirus (COVID-19) kasalligi pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan epidemiologik inqiroz butun dunyoni qamrab oldi va global miqyosda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazib, xalqaro hamjamiyat oldida pandemiyaga qarshi kurash masalasida, shu jumladan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash borasida qator muammolar mavjudligini namoyish etdi. Pandemiya inqirozi global hamjamiyatni 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish dasturini amalga oshirish va uning barcha maqsad va vazifalariga erishishda, shu jumladan 4-maqsad - «hayot davomida hamma uchun zarur bo‘lgan inklyuziv, teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida» jiddiy xavf tug‘diradi.